Mahsulotni qidirish

Men. Bas qil, ey nafs ! Camera

99,000 so'm

Men. Bas qil, ey nafs !  
Fotih Duman

Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz bor... Hech toʻxtamagan, har doim shivirlab turgan ovoz... Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “Menlik” deb ataydi, ammo eskilar buni “nafsning ovozi”, “nafs” deb atashadi...

Nafs — zahardir. nafs — dushmandir... U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim boʻlgan paytingizda ham u gapiraveradi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolgan paytingizda bu gʻalati ovoz siz bilan soʻzlashadimi?

Men siz bilan dardlashadigan oʻsha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz....

Ammo shuni bilingki, qalbimizga mana shularni vasvasa qilgan ham nafsimizdir. Bizlarni ishdan qoldirgan, aldab suldagan ham nafsdir. Va hatto, ichingizdan bir ovoz sizga “Bu kitobni aslo oʻqima!” deyayotgan boʻlsa, bilingki, bu ham ana oʻsha nafsning ovozidir. Gapirishdan koʻra yozish osonroqdek, yaxshiroqdek tuyuladi gohida. Garchi qiyin boʻlsa-da, men ham gapirmay, faqatgina yozaverdim. Sahifalarni qoralayverdim. Siz uchun, aynan siz uchun yozdim...

“Har bir kitobning oʻz egasi bor”, deydilar. Ajab emaski, bu kitob faqatgina siz uchun yozilgan boʻlsa!

Mahsulot narxi : 99.000 so'm

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

Yoki 2 ta mahsulot xarid qiling va yetqazib berish bepul