Ushbu kitobda Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat dasturidan kelib chiqqan holda ilm-maʼrifatga targ‘ib va iqtisodiy taraqqiyotga oid bilimlar yoritilgan. Shuningdek, Qurʼoni karimda riz haqida kelgan barcha oyati karimalar Qurʼoni karim tartibi asosida moʻtabar tafsir kitoblariga tayangan holda ilmiy tarjima va tafsir qilingan. Keng rizq to‘g‘risidagi sahih hadislar jamlanib, ular ham manbalar yordamida ilmiy tajima qilingan va izohlangan. Kitobda rizq to‘g‘risida sog‘lom aqida, keng rizq tushunchasi, uni topish yo‘llari, kambag‘allik va faqirlik tushunchasi, unga qarshi kurash choralari, jamiyatda kambag‘allikni kamaytirish yo‘llari ilmiy asoslar bilan ochib berilgan. Shu bilan birga, ishyoqmaslik, boqimandalik, kamharakatlik va dangasalik kabi yomon illatlardan qaytarilgan. Mazkur kitob xalqimizga foydali bo‘lib, kambag‘al qatlamni kamaytirish uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit is. Deserunt totam dolores ea numquam labore!.